Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda qurollangan kimsalar "Makdonalds"ga tashrif buyurganlarni garovga oldi
AQShning Leyklend shahrida (Florida shtati) qurollangan avtomobil o‘g‘rilari "Makdonalds" tamaddixonasiga bostirib kirib, u yerdagi xodimlarni garovga oldi, deb xabar bermoqda politsiya iqtibos keltirgan holda Fox 13 News telekanali.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, voqea avtomobilning olib qochilishidan boshlangan. Politsiya birozdan keyin olib qochilgan avtomobilni topgan. O‘g‘rilar mashinani tashlab, qochib ketishgan.
Ba'zi odamlar nima bo‘layotganini tushunib, tamaddixonani tark etishga muvaffaq bo‘lishgan, biroq xodimlarning bir qismi hanuzgacha ichkarida qolmoqda.
Telekanalning ta'kidlashicha, voqea joyiga politsiya va maxsus xizmat kuchlarining ko‘plab xodimlari tortilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025