Jahon | 14:19 / 08.10.2016
9505
2 daqiqa o‘qiladi

Kerri bayonotining huquqiy oqibatlari Amerikaga zarar keltiradi

Foto: Reuters

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining bayonotlariga javob qaytardi. Kerri Rossiyaning Suriyadagi «harbiy jinoyatlari» yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlash to‘g‘risida fikr yuritgan edi. Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, vaziyatni bu tarzda keskinlashtirish, bunday iboralarni qo‘llash xavflidir, chunki birinchi galda harbiy jinoyatlar haqida so‘z borganda amerikalik xususida gapirish kerak, deya xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.

«Kerrining bayonoti — targ‘ibotdir. Bu ibora ortida juda jiddiy huquqiy oqibatlar turibdi. O‘ylaymanki, Kerri bularning barini vaziyatni keskinlashtirish maqsadida aytgan. Agar, gap harbiy jinoyatlarga borib taqaladigan bo‘lsa, Amerika vakillari dastlab Iroqdan boshlashi kerak. So‘ngra, Liviyaga o‘tish lozim. Va albatta, Yamanda ham nima bo‘layotganini yaxshilab o‘rganish shart. Aytmoqchimanki, har narsani gapiraverish xavfli, chunki Amerika zimmasida haqiqatdan ham harbiy jinoyatlar turibdi», — degan diplomat.

Uning qayd etishicha, Vashington tomoni Suriyadagi majburiyatlarini «shunchaki bajara olmagan». Zaxarovaga ko‘ra, AQShning o‘zi Suriya muxolifatiga bosim o‘tkaza olmasligini Rossiyaga ma'lum qilgan. 

Bundan avvalroq, AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Rossiya va Suriya hukumatlariga nisbatan “suriyalik tinch aholi vakillariga hujumlari uchun harbiy jinoyatlarni sodir etish” holati bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshlash kerakligini aytgan edi. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid