Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatar Airways aviakompaniyasi Boeing’dan 40 ta samolyot sotib oladi
Qatar Airways aviakompaniyasi 7 oktabr kuni Boeing korporatsiyasidan umumiy qiymati 11,7 mlrd dollar bo‘lgan 40 ta yo‘lovchi samolyotini sotib olish qarori haqida ma'lum qildi. Bundan tashqari, yana 60 ta samolyot xarid qilishni ham rejalashtirgan. Bu haqda 7 oktabrda Vashingtonda o‘tgan matbuot anjumanida aviakompaniya rahbari Akbar al-Baker ma'lum qilgan.
"Bizda aksari uzoq masofaga mo‘ljallangan parvozlarimizni amalga oshirish uchun Boeing korporatsiyasining keng fyuzelyajli samolyotlari bor va ular ichki flotimizning yarmini tashkil etadi", - dedi al-Baker. Uning ma'lum qilishicha, Qatar Airways ixtiyorida 190 ta samolyot mavjud.
Shartnoma shartlariga muvofiq, havo kemasi ishlab chiqaruvchi 290 yo‘lovchi sig‘dira oladigan 30 ta Boeing 787 Dreamliner va 396 yo‘lovchi ketadigan 10 ta Boeing 777-300ER samolyotlarini yetkazib berishi kerak bo‘ladi. Ularning har ikkisi ham keng fyuzelyajli samolyotlar hisoblanadi. Bundan tashqari, Qatar Airways rahbariyati har biri 200 yo‘lovchiga mo‘ljallangan 737-8MAX samolyot modelini sotib olish istagi bildirilgan maktub imzoladi. Ushbu 60 ta havo kemasining umumiy narxi 6,9 mlrd dollar, deya baholangan.
Mavzuga oid
21:53 / 02.05.2025
Tramp prezident samolyotini almashtirishga qaror qildi
19:24 / 16.04.2025
Rossiya AQShdan muzlatilgan aktivlari hisobidan Boeing samolyotlarini sotishni so‘radi - Bloomberg
21:41 / 21.03.2025
Tramp tarixdagi eng halokatli samolyot yaratilganini e’lon qildi
22:05 / 11.01.2025