Sport | 15:23 / 09.10.2016
20148
1 daqiqa o‘qiladi

Neymarning yuzini qonga belagan boliviyalik futbolchi unga maslahat berdi

Foto: AFP

Boliviya va Braziliya terma jamoalari o‘rtasida JCh-2018 saralashi doirasida kechgan uchrashuvda Neymarga qasddan jarohat yetkazib, uning yuzini qonga belagan Yasmani Duk nega bunday qilganini izohlab, braziliyalik futbolchiga maslahat berdi.

«Neymar dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishni istasa, raqibni hurmat qilishni o‘rganishi va takabburligini bas qilishi kerak. Mening burnimni sindirishganida bundan shikoyat qilmagandim. Futbol – shunday to‘qnashuvlar ro‘y beradigan o‘yin.

Men vaziyatni ko‘rib turgandim va to‘pni to‘xtatishga harakat qildim. Neymar meni aylanib o‘tmoqchi bo‘lganida uni to‘xtatdim. Men uning yuziga ataylabdan urganim yo‘q edi. Afsuski, qo‘lim qattiq tegib ketdi», – deya futbolchining so‘zlarini keltirgan Sport.es nashri.

Mavzuga oid