O‘zbekiston | 15:33 / 10.10.2016
6988
2 daqiqa o‘qiladi

Xorijiy davlatlarda 44ta saylov uchastkasi tuzildi

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida O‘zbekiston Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 44ta saylov uchastkasi tuzildi. Ularning barchasi O‘zbekiston Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 14-Toshkent shahar saylov okrugiga biriktirilgan.

Markaziy saylov komissiyasi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolariga yanada qulaylik yaratish maqsadida xorijiy davlatlarning boshqa shaharlarida ham yangi saylov uchastkalari tashkil etilishi mumkin. Mazkur masala Tashqi ishlar hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirliklari tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.

Saylov jarayonida 28 davlatda bittadan, 8 mamlakatda (Afg‘oniston, Germaniya, Xitoy, BAA, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQSh va Turkiya) ikkitadan saylov uchastkasi faoliyat ko‘rsatadi.

Xorijiy davlatlardagi saylov uchastkalari:
1. Abu-Dabi shahri (BAA)
2. Anqara (Turkiya)
3. Afina (Gretsiya)
4. Ashxobod (Turkmaniston)
5. Boku (Ozarboyjon)
6. Bangkok (Tailand)
7. Berlin (Germaniya)
8. Bishkek (Qirg‘iziston)
9. Bryussel (Belgiya)
10. Varshava (Polsha)
11. Vashington (AQSh)
12. Vena (Avstriya)
13. Nyu-Dehli (Hindiston)
14. Dubay (BAA)
15. Dushanbe (Tojikiston)
16. Jakarta (Indoneziya)
17. Jyeneva (Shveytsariya)
18. Jidda (Saudiya Arabistoni)
19. Islomobod (Pokiston)
20. Istanbul (Turkiya)
21. Kiyev (Ukraina)
22. Kuala-Lumpur (Malayziya)
23. London (Buyuk Britaniya)
24. Madrid (Ispaniya)
25. Mozori-Sharif (Afg‘oniston)
26. Moskva (Rossiya)
27. Novosibirsk (Rossiya)
28. Nyu-York (AQSh)
29. Olmaota (Qozog‘iston)
30. Parij (Fransiya)
31. Pekin (Xitoy)
32. Riga (Latviya)
33. Rim (Italiya)
34. Seul (Koreya)
35. Singapur (Singapur)
36. Tel-Aviv (Isroil)
37. Tehron (Eron)
38. Tokio (Yaponiya)
39. Frankfurt-Mayn (Germaniya)
40. Shanxay (Xitoy)
41. Al-Kuvayt (Kuvayt)
42. Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni)
43. Kobul (Afg‘oniston)
44. Qohira (Misr)

Mavzuga oid