Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask 17 oktabrda "kutilmagan mahsulot" taqdim qilishga va'da berdi
Tesla va Space X kompaniyalari asoschisi Ilon Mask 17 oktabrda ko‘pchilik uchun "kutilmagan ishlanmani" taqdim qilishga va'da berdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
U bu haqda tvitterda yozdi.
Business Insider nashrining yozishicha, bu kutilmagan mahsulot elektromobillarga yo‘l beglilarini o‘qish va svetofor signallarini taniy olishga imkon beruvchi ikkinchi avlod avtopiloti bo‘lishi mumkin. Sentyabrda avtomobillar ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi bir qator yo‘l-transport hodisalaridan keyin radarlarning metall jismlarga sezgirligini oshirib, avtopilotni takomillashtirmoqchi ekanligi ma'lum qilingandi.
Nashr, shuningdek, Tesla elektromobillarini uy sharoitida quvvatlashga imkon beruvchi Powerwall and Powerpack qurilmasini taqdim qilishi mumkinligini aytdi.