Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Suriyaning Tartus shahrida harbiy-dengiz bazasini tashkil etadi
Suriyaning Tartus shahrida Rossiya Harbiy-dengiz kuchlarining doimiy bazasi tashkil etiladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari, stats-sekretar Nikolay Pankovga asoslangan holda RIA Novosti agentligi xabar bergan.
«Suriya hududida, Tartusda doimiy asosda harbiy-dengiz bazamiz bo‘ladi. Ayni vaqtda shu haqdagi hujjat tayyorlanmoqda. Uni jiddiy muhokama jarayonidan o‘tkazishadi… va biz umid qilamizki, tez orada hujjat ratifikatsiya qilinadi», — degan Pankov.
Suriyaning Tartus shahrida Rossiya floti bo‘lishini ta'minlash bo‘yicha sharoitlarni tayyorlash ishlari 1977 yildayoq boshlangan. Ayni vaqtda Tartusdagi punkt Rossiyaning O‘rta Yer dengizi hududidagi yagona tayanch nuqtasi hisoblanadi.
O‘tgan haftada Rossiya mudofaa vazirligi Suriyaga C-300 tizimi yuborilganini tasdiqlagandi. Ushbu majmua Suriyaning Tartus shahrida joylashgan harbiy-dengiz bazasi va sohil hududidagi Rossiya harbiy-dengiz floti kemalarini havodan himoya qilish uchun mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025