Jamiyat | 19:30 / 11.10.2016
13642
2 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada homilador ayol masxarabozdan qo‘rqib ketib tug‘ib yubordi

Foto: The clown craze started in America

Buyuk Britaniyaning Lesteshir grafligida homilador ayol uni masxaraboz kiyimidagi o‘smir qo‘rqitgandan keyin muddatidan oldin tug‘di,  deb xabar bermoqda ITV.

O‘smir Brunel universiteti yaqinida sayr qilib yurgan homilador ayolning yo‘lidan masxaraboz kiyimida qo‘lida benzinda ishlovchi arra bilan sakrab chiqqan. Ayol homiladorlikning 8 oyida bo‘lgan. Ushbu voqeani talabalardan biri videoga olgan.

Ayolning dugonasi feysbukda "muddatdan avval tug‘ruqqa qaramasdan, ona va bola o‘zlarini yaxshi his qilayotganlarini" ma'lum qilgan. Uning aytishicha, keksa yoshdagi odamlar va homiladorlarning tinchligini buzishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. 

Ijtimoiy tarmoqlarning ko‘pchilik foydalanuvchilari o‘smirni hibsga olishga chaqirishdi. 

Politsiya xodimlari voqea tafsilotlarini kampusdagi videokuzatuv kameralari yordamida aniqlashtirmoqdalar. Bezori qidirilmoqda. 

Ma'lum qilinishicha, o‘smir AQShda masxaraboz kiyimidagilar tomondan sanchuvchi va kesuvchi qurol qo‘llagan holda amalga oshirilayotgan beshafqatcha hazillardan "ilhomlanib" shunday qilgan.   

Oxirgi mahal vaqt g‘arb yoshlari orasida piyodalarni "qotil masxaraboz" kostyumlarida qo‘rqitish ommalashmoqda. Ular buni prank deb atab, voqeani videoga olib, so‘ngra internetga joylashtirib, kimning roligi ko‘proq "layk" olishi borasida bahslashmoqdalar. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid