Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdan Barselonaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi
«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK kelasi yildan Ispaniyaning Barselona shahriga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, aviakompaniyaning turizm bo‘limi rahbari Rustam Qo‘rg‘onboyevga asoslangan holda Podrobno.uz. sayti yozmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa bo‘ylab sayr uyushtirishni xohlayotgan o‘zbekistonlik sayyohlar soni yildan-yilga ortmoqda. Shu boisdan ham, yangi yo‘nalishlar ustida izlanishlar olib borayotgan aviakompaniya rejalari orasida Barselona shahri ham bor.
Qo‘rg‘onboyevning aytishicha, Yevropa o‘zbekistonliklar orasida ommalashib borayapti. Germaniya, Fransiya va Italiya kabi mamlakatlardan tashqari Ispaniya safarlari ham tobora qiziqish uyg‘otmoqda. Shu bilan birga, Janubi-sharqiy Osiyo, Turkiya, Rossiya va Hindiston o‘zbekistonliklarning asosiy dam olish maskanlari bo‘lib qolayapti.
Oktyabr oyida MAK ikkinchi Boeing 787-8 Dreamliner havo laynerini qabul qilib oladi. U qit'alararo parvozlarni uzluksiz amalga oshirish salohiyatiga ega. Parvoz tezligining yuqoriligi sabab Toshkentdan Moskvaga 10 daqiqa tezroq yetib borish mumkin. London va Parijga uchayotganlar odatdagidan 20-30 daqiqa vaqtliroq yetib borishadi.
Bo‘lim boshlig‘ining ma'lum qilishicha, 2016 yil birinchi yarim yilligi natijalariga ko‘ra, «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK 1,176 mln yo‘lovchining uzog‘ini yaqin qilgan.
Mavzuga oid
09:36 / 27.05.2025
Shimoliy Yevropa davlatlari Rossiya tomonidan xavfni ko‘rmoqda
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
12:24 / 22.05.2025
Lavrov Yevropani AQShga sanksiyalarni kuchaytirish uchun bosim o‘tkazishda aybladi
11:33 / 19.05.2025