Fan-texnika | 08:41 / 12.10.2016
5218
2 daqiqa o‘qiladi

Antares raketasi parvozi bo‘ron sababli qoldirildi

Twitter.com/NASA

2014 yildagi avariyadan keyin Rossiyaning RD-181 dvigatelida ishlaydigan Antares raketasining modernizatsiya qilingandan keyingi ilk parvozi "Nikol" tropik bo‘roni tufayli yana qoldirildi. NASA ma'lumotlariga ko‘ra, bo‘ron NASA va Orbital ATK kompaniyasi raketani 13 oktabrda uchirmoqchi bo‘lgan Virginiya shtatigacha yetib borishi mumkin. 

Ma'lum qilinishicha, uzoq kutilgan parvoz 16 oktabrdan oldin yuz bermaydi. Gygnus yuk kemasiga ega Antares raketa-tashuvchisi Xalqaro koinot stansiyasiga jo‘nashi kerak, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Dastlab raketa parvozi iyulda bo‘lishi rejalashtirilgandi, biroq turli sabablarga ko‘ra bu sana ko‘chirib kelingan: avval avgustga, keyin sentabrga, keyin esa oktabrga.

Eslatib o‘tamiz, ikki yil avval Antares yuk kemasi bilan birga parvozdan taxminan 10 soniyadan keyin portlab ketgan. O‘shanda mutaxassislar falokatga dvigateldagi muammolar sabab bo‘lganini aytishgan.

NASA/Twitter

Mavzuga oid