Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeXHT O‘zbekiston prezidentligi uchun saylovlardagi o‘zgarishlarni ma'qulladi
YeXHT Inson huquqlari va demokratik institutlar byurosi O‘zbekiston prezidentligi uchun to‘plash zarur bo‘lgan imzolar sonini umumiy saylovchilar sonining 5 foizidan 1 foiziga tushirilganini yuqori baholadi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston MSK matbuot xizmati.
MSK ma'lumotlariga ko‘ra, YeXHT Inson huquqlari va demokratik institutlar byurosi missiyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, byuro ekspertlari saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlarni yuqori baholashgan. Missiya mutaxassislari 11-14 oktabr kunlari Respublikadagi saylovoldi jarayonini o‘rganib, O‘zbekiston TIV, Oliy Sudi, Adliya vazirligi, parlament yuqori palatasi, markaziy OAV vakillari hamda boshqa idoralar rahbarlari bilan uchrashadi. Missiya o‘tkazilgan uchrashuvlar natijasiga ko‘ra, saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etish yoki etmaslik, uning shakli, muddati va soni xususida qaror qabul qiladi.
" YeXHT Inson huquqlari va demokratik institutlar byurosi talablarni baholash missiyasi ekspertlari MSKning okrug saylov komissiyalari uchun onlayn seminar-trening o‘tkazilayotgani borasida ijobiy fikrlarni izhor qilib, saylov komissiyalari a'zolarini hamda saylovchilarning o‘zini bo‘lg‘usi saylovlarga sifatli tayyorlash muhimligini ta'kidlashgan", — deya xabar qilgan MSK.
Prezidentlik saylovlarida nomzodlarni qo‘llab-quvvatlash uchun imzo sonini kamaytirish to‘g‘risidagi tuzatishlar mamlakat parlamenti tomonidan tasdiqlanib, 2015 yil dekabrida kuchga kirgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti uchun saylovlar 2016 yil 4 dekabrida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025