Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShID Iroqda dronlardan foydalana boshladi
Iroqda IShID jangarilarining portlovchi moddalar joylangan drondan foydalanishi oqibatida ikki nafar fransuz askari jiddiy jarohatlangan, deb xabar qiladi Reuters agentligi.
Bundan tashqari, kurdlarning «peshmerga» harbiy bo‘linmasining ikki a'zosi qurbon bo‘lgan. Fransiyaning Le Monde nashri yozishicha, hujum 2 oktabr kuni sodir etilgan.
Qayd etilishicha, harbiylar kichik dronni tutib olishgandan so‘ng, u portlab ketgan. Bunda portlovchi moslama masofadan ishga tushirilgani yoki taymer sabab portlagani noma'lum.
Fransiya mudofaa vazirligi, Iroq armiyasi va «peshmerga» kurd bo‘linmalari bu borada izoh berishganicha yo‘q.
Sentyabr oyida «Ahror ash-Shom» guruhi ham Suriyada portlovchi moslama o‘rnatilgan dronlardan foydalangan edi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025