Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda dunyodagi eng uzun eskalator ishga tushirildi
Xitoyning markaziy qismidagi Xubey provinsiyasida dunyodagi eng katta eskalator ishga tushdi. Inshoot uzunligi 688 metrni tashkil qiladi, sayohat 18 daqiqa davom etadi. Daily Mail nashri shu haqda ma'lumot berdi.
Eskalator Enshi shahri yaqinidagi dara yonbag‘rida joylashgan. U soatiga 7,3 ming nafar kishiga xizmat ko‘rsata oladi. Sayohat uchun 20 yuan (taxminan 3 dollar) to‘lash kerak bo‘ladi.
Ushbu eskalator 1 oktabr - XXR tashkil topgan kunda ochilgan. Attraktsion sayyohlar orasida juda mashhur. Eskalator ishga tushganidan so‘ng ilk 7 kun ichida 70 ming kishiga xizmat ko‘rsatgan.








Suratlar: Imagechina / REX Shutterstock / Fotodom
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025