Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Julian Assanj so‘roq qilinadigan yangi sana ma'lum qilindi
WikiLeaks xalqaro tashkiloti asoschisi Julian Assanj 14 noyabrda Ekvadorning Londondagi elchixonasida so‘roq qilinadi. Assanj bu elchixonada siyosiy boshpana olgan. Bu haqda Ekvador bosh prokuraturasi ma'lum qildi.
Prokuratura ma'lumotlariga ko‘ra, avval 17 oktabrga belgilangan so‘roq Assanjning iltimosi bilan boshqa sanaga ko‘chirildi.
2012 yil 19 iyunda Assanj Shvetsiyaga ekstraditsiya qilinishdan qochib qutulish uchun Ekvador elchixonasidan boshpana so‘ragan. Shvetsiyada u jinsiy xarakterdagi jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinmoqda. WikiLeaks asoschisi bu ayblovlarni inkor qilmoqda va ularni siyosiy tomondan uyushtirilayotganini aytmoqda. U Shvetsiya uni AQShga topshirishidan xavfsiramoqda. AQShda esa avstraliyalikka AQSh davlat departamenti maxfiy hujjatlarini chop etganlik uchun 35 yillik qamoq yoki o‘lim jazosi berilishi mumkin.
Mavzuga oid
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
20:05 / 04.05.2025
BMT sudyasi qullik mehnatiga majburlagani uchun 6 yilga qamaldi
21:50 / 23.04.2025