Jamiyat | 17:44 / 14.10.2016
11971
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat mulkini o‘margan jinoiy to‘da qilmishi fosh etildi

Samarqand viloyati Paxtachi tumani “Bodo” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan Habib Qahramonov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) Ziyovuddin shaharchasida joylashgan “Bek” to‘yxonasi yonida joylashgan Azizbek Mardonov bilan pivoxo‘rlik qiladi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

So‘ngra ular bardan 1 litr baklashkaga pivo olib, Mamadali degan tanishlarinikiga otlanishadi. Pivoxo‘rlik bilan boshlangan ulfatchilikda jinoiy reja tuzildi. Ular temir yo‘l yaqinida bo‘layotgan qurilishdan arzon-garovga armaturalar olishni niyat qilishdi.

“Damas” bir zumda “Cheryomushka”da paydo bo‘ldi. Jinoiy sherikchilikka yana bir kishi – Zokirjon Obidov ham taklif qilindi. 

780 kilogramm 10 mm.li armaturalarni qorovullar ko‘magida o‘margan jinoyatchilar ularga qo‘shib perfarator, drel, 60 metr kabel hamda taxtalarni ham olib chiqishdi. Kelishilganidek, qorovul Dilmurod Qarayevga 65-70 ming atrofida pul bergan to‘daboshining ko‘ngli tinchigandek bo‘ldi. 

Jinoyatchilarga sherik bo‘lib, o‘zlariga ishonib topshirilgan davlat mulkini o‘marib ketishga imkon bergan F.Rahimov, D.Qarayev, T.To‘xtayevlarga tegishli huquqiy choralar ko‘rildi. Jinoiy reja tuzib, davlat mulkiga ko‘z olaytirgan kimsalarga esa sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
 

Mavzuga oid