Sport | 22:39 / 14.10.2016
7143
2 daqiqa o‘qiladi

Mourino «Liverpul» - «MYu» bahsini «Barselona» va «Real» qarama-qarshiligiga tenglashtirdi

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya Premer-ligasining 8-turi doirasida «Liverpul»ga qarshi o‘tkaziladigan o‘yin arafasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Uchrashuv 17 oktabr kuni «Enfild» stadionida bo‘lib o‘tadi.

«Meni «Enfild»ga keladigan muxlislarning nafratomuz qarshilashi xavotirga solmaydi. Biz u yerga o‘z o‘yinimizni namoyish qilish, o‘z ishimizni bajarish va undan maroqlanish uchun boramiz. Men hamisha «Enfild»da o‘ynashni istaganman. Menga katta o‘yinlardagi atmosfera yoqadi. Bu o‘yinni «Inter» va «Milan», «Real» va «Barselona» yoki «Portu» va «Benfika» jamoalari o‘rtasidagi bahslarga o‘xshatish mumkin. Bu menga yoqadi», — deya Mourinoning so‘zlarini keltirgan manchesterliklar matbuot xizmati.

Mavzuga oid