Rossiya HDFdagi yagona harbiy kemasini Suriyaga yubordi
Rossiya Federatsiyasi Shimoliy dengiz floti tarkibidagi «Admiral Kuznetsov» aviatashuvchi kemasini O‘rta yer dengizining Suriya sohillariga safarbar etdi. Uni bir nechta jangovar qo‘riqchi kemalar kuzatib boradi, deb xabar qilgan «Interfaks» agentligi o‘z manbasiga tayangan holda.
«"Admiral Kuznetsov" kreyseri yetakchiligidagi korabllar guruhi uzoq safarga chiqmoqda», — degan manba.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning yagona avianosetsi mamlakat HDFning O‘rta yer dengizidagi doimiy birikmasi tarkibiga borib qo‘shiladi.
Agentlikning qayd etishicha, ushbu safar 4-5 oy davom etadi. «Admiral Kuznetsov»ning bortida eng yangi MiG-29KR va MiG-29KUBR qiruvchi hamda Su-33 samolyotlari bor. Bundan tashqari, kreyser uchun Ka-52K «Katran» (Ka-52 «Alligator»ning kema namunasi) jangovar vertolyotlari ham hozirlab qo‘yilgan.
Hozirda, O‘rta yer dengizida Rossiyaning 10ga yaqin kemasi mavjud.
Avvalroq, harbiy ekspert, iste'fodagi general-polkovnik Leonid Ivashov «Interfaks»ga bergan intervyusida, Rossiya o‘zining yangi tarixida birinchi marta kemadagi aviatsiyasidan mashg‘ulotlarda emas, jangovar holatda foydalanishini aytgan edi.
Mavzuga oid
13:31
Putin Rossiyaning yadro doktrinasini o‘zgartirmoqchi. Bu amalda nimani anglatadi?
11:54
Sobiq sovet davlatlari tarix darsliklarida Rossiya salbiy obrazda tasvirlanayotganidan shikoyat qilindi
22:10 / 28.09.2024
Ukraina razvedkasi Moskva viloyatida Rossiya armiyasi polkovnigi o‘ldirilganini ma’lum qildi
20:45 / 28.09.2024