Jamiyat | 07:42 / 16.10.2016
10261
2 daqiqa o‘qiladi

Leonardo Di Kapriodan BMT elchisi lavozimidan ketish talab qilindi

Foto: Reuters

Gollivud aktyori, BMTning iqlim muammolari bo‘yicha elchisi hisoblanuvchi Leonardo Di Kaprioga bu vakolatdan voz kechish va korruptsion mojaroga aloqador bo‘lgan  Malayziyaning 1MDB jamg‘armasidan olgan pullarni qaytarib berish talab qilindi.

Bu talab atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bilan shug‘ullanuvchi, Bruno Manser nomidagi shveysar jamg‘armasi direktori Lukas Staumenn tomonidan bildirildi, deb xabar bermoqda Hollywood Reporter.

Bunga Di Kaprioning Malayziyada tropik o‘rmonlarni noqonuniy chopishga aloqador bo‘lgan malayziyalik korrupsiyalashgan tadbirkorlar bilan aloqasi sabab bo‘lgan.

"Di Kaprio Malayziyaning 1MDB jamg‘armasi bilan bog‘liq mojarodagi asosiy gumonlanuvchi shaxslar bilan shaxsiy va moliyaviy aloqalarini tushuntirishdan bosh tortib kelgan. Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, u BMT elchisi lavozimidan ketishi kerak. Biz atrof-muhitni agar korrupsiyani to‘xtatmasak qutqara olmaymiz. Di Kaprio bu bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda yordam berishi kerak, biroq bugun u shu muammoning bir qismiga aylandi", deb aytdi Straumann Londondagi matbuot-anjumanida. 

Straumann aktyor Indoneziyada o‘rmonlarning yo‘q qilinishiga qarshi chiqib, Malayziyada bu bilan bog‘liq muammoga ko‘z yumgani uchun uning ekologik faoliyatini ikkiyuzlamachilik deb atadi. 

Straumann aktyor Malayziya jamg‘armasiga "iflos pullarni" qaytarib berishi kerakligini aytgan, ulardan bir qismi aktyorning xayriya jamg‘armasiga haqiqatda qayg‘uruvchi odamlar tomonidan xayr-ehson qilingan. Avvalroq AQSh adliya vazirligi ham Di Kaprio jamg‘armasini firibgarlik operatsiyalariga aloqadorlikka gumon qilib, sudga murojaat qilgandi. 

 

Mavzuga oid