Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng jonkuyar aholi dunyoning qaysi mamlakatida yashashini bilasizmi?
Psixologlar dunyo mamlakatlari aholisi mentalitetini tahlil qilib, eng jonkuyar va hissiyotga beriluvchan kishilarning qayerda yashashini aniqlashdi. Izlanish natijalariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni, Peru va Daniyada eng jonkuyar insonlar yashar ekan, eng qo‘rs va bag‘ritosh kishilar esa - Polsha, Litva, Estoniya hamda Bolgariyada. Bu haqida Journal of Cross-Cultural Psychology jurnalida chop etilgan maqolada ma'lum qilindi.
"Bizning tadqiqotimiz qat'iy hozirgi vaqtgagina tegishli. Bu ayniqsa AQShga taalluqli, chunki u yerda so‘nggi yillarda ota-onalarning farzandiga tarbiya berishi hamda umuman, milliy qadriyatlar masalasida juda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Odamlar Amerikani juda jonkuyar deb o‘ylashi mumkin, lekin aslida bu yerda yashovchi aholi mentaliteti o‘zgarmoqda", - deya ma'lum qildi Ist-Lensingdagi (AQSh) Michigan shtati universiteti xodimi Uilyam Chopik.
Chopik va uning hamkasblari so‘nggi yillardagi o‘zgarishlar AQShni boshqa davlatlar muammolariga kamroq diqqat qiluvchi individual va xudbin mamlakatga aylantirayotganini ta'kidlashdi. Tadqiqotchilar 60dan ortiq mamlakatdagi 100 mingdan ziyod aholini so‘roq qilib, ana shunday xulosaga kelishdi.
Mavzuga oid
19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi
20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi
09:54 / 23.04.2025
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi
12:04 / 22.04.2025