Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada namoyishlar tartibsizlikka aylanib ketdi
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida davlat xarajatlarini qisqartirishga qarshi namoyishlar politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Globo telekanalining xabariga ko‘ra, mitingda bir necha yuz kishi ishtirok etgan.
Namoyishchilardan biri tartibni saqlash kuchlariga qarshi fayyer uloqtirgach, politsiya ularni tarqatish maqsadida ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanishga majbur bo‘lgan.
11 oktabr kuni Braziliya parlamenti quyi palatasi davlat xarajatlarini cheklash to‘g‘risidagi konstitutsion tuzatishni ma'qullagan edi. Uni mamlakat prezidenti Mishel Temer taklif qilgan. Hujjatga muvofiq, kelasi 20 yil mobaynida hukumatning kelasi yil xarajatlari o‘tgan yilgi inflyatsiya darajasidan oshmasligi kerak. Ushbu hujjat ikkinchi o‘qishda ham ma'qullansa, uni Federal Senat ko‘rib chiqadi, so‘ngra prezident tasdiqlaydi.
Mavzuga oid
13:16 / 27.05.2025
Gurjiston Mustaqilligi kunida Tbilisida namoyishlar tinch o‘tdi
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025