Jahon | 14:27 / 18.10.2016
6661
1 daqiqa o‘qiladi

"Normand to‘rtligi" yetakchilari Berlinda uchrashishga kelishib olishdi

Foto: tvc.ru

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko, uning fransuz hamkasbi Fransua Olland va GFR kansleri Angela Merkel "normand formatida" uchrashuv o‘tkazishga kelishib olishdi. Muzokaralar 19 oktabrda Berlinda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Bu haqida 18 oktabr, seshanba kuni Poroshenkoning rasmiy saytida ma'lum qilindi

Manbaga ko‘ra, uchrashuv o‘tkazishdan maqsad - "Rossiyani Minsk kelishuvlarini bajarishga majburlash". 

Poroshenko, Olland va Merkel uch tomonlama telefon muloqot davomida 19 oktabr kuni uchrashishga kelishib olishdi. 

Bundan tashqari, Germaniya kanslerining matbuot xizmati Merkelning Berlindagi Ukraina inqiroziga doir muzokaralarga Rossiya prezidenti Vladimir Putinni ham taklif qilgani haqida xabar berdi. 

Mavzuga oid