Oq uy "Rossiya kiberhujumlari"ga qarshi sanksiyalar kiritishi mumkin

Foto: Getty Images
AQSh ma'muriyati Rossiyaning "xakerlik hujumlari va AQSh prezidentlik saylovini barbod etishga urinishlari"ga qarshi turli choralarni ko‘rib chiqmoqda, biroq ular haqida avvaldan ogohlantirmaydi. Oq uy rasmiy vakili Josh Ernest shu haqda ma'lum qilgan.
AQSh Demokratik partiyasi Rossiyaning Amerika prezidentlik saylovi natijasiga ta'sir ko‘rsatish maqsadida bir necha marotaba partiya serverlariga xakerlik hujumlari sodir etganini ta'kidlagan edi.
Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin esa, e'lon qilinayotgan ma'lumotlarda Moskva manfaatlariga javob beradigan biron narsa yo‘qligini aytgandi.
"Oliy bosh qo‘mondoni ruslarning siyosiy tizimimizni buzishga urinayotganiga munosib javob berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Qanday qaror qabul qilinmasin, biz uni oldindan e'lon qilmasak kerak", — degan Obama matbuot kotibi.
Uning ta'kidlashicha, AQSh "nafaqat bu haqda e'lon qilmasligi, balki hech qachon buni tan olmasligi ham mumkin". Ernestning so‘zlariga ko‘ra, prezident "Rossiya sodir etgan ishlarni baholashda davom etayapti".
Shu bilan birga, Oq uy vakilining so‘zlariga ko‘ra, AQShning javob harakatlari faqatgina "kiberkenglikdagi javobdan iborat bo‘lmaydi", balki "moliyaviy sanksiyalar"ni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
Mavzuga oid

22:02 / 12.05.2025
HAMAS garovdagi so‘nggi amerikalikni ozod qildi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:31 / 12.05.2025