Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy iqtisodiyoti o‘sishi kutilgan natijani ko‘rsatdi
Xitoy iqtisodiyotining uchinchi chorakda kutilayotgan sur'atlari taxmin qilingan natijani ko‘rsatdi. Mamlakat YaIM o‘tgan yilning shu davri bilan qiyoslaganda 6,7 foizga o‘sdi. Bu haqda, Reuters agentligi xabar qilmoqda.
Xitoy davlat byurosiga ko‘ra, XXR yalpi ichki mahsuloti joriy yil ikkinchi choragiga nisbatan 1,8 foiz o‘sishga erishgan. Mamlakat hukumati YaIM yillik ko‘rsatkichi 6,7-7 foizni tashkil etishini taxmin qilmoqda. Shunga qaramay, davlat byurosining hisobotiga binoan, Xitoy iqtisodiyotida ko‘plab noaniq omillar saqlanib qolayapti. Bundan tashqari, barqaror rivojlanish poydevorini mustahkam deb bo‘lmaydi.
Qayd etilishicha, Xitoyning asosiy aktivlariga kiritilgan investitsiyalar hajmi 2016 yil sentabr oyida 9 foizga o‘sgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025