Jahon | 17:38 / 19.10.2016
18213
1 daqiqa o‘qiladi

IHT Gulen tashkilotini terrorchilik tashkiloti deb tan oldi

Foto: AP

Islom hamkorlik tashkiloti Fathulloh Gulenning muxolifat tarafdorlarini terrorchilik tashkiloti sifatida tan oldi. Bu haqda, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘li ma'lum qilgan.

"IHT FETO guruhini terrorchilik tashkiloti deb e'tirof etdi", — deb bayonot berdi Chavusho‘g‘li Anadolu agentligiga bergan intervyusida.

Turkiya hukumati Gulenni 16 iyulga o‘tar kechasida sodir etilgan harbiy davlat to‘ntarishi tashkilotchisi sifatida gumon qiladi. Gulen esa, isyonni qoralab, o‘zining aloqasi yo‘qligi ta'kidlagan edi. 

Mavzuga oid