Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva koalitsiyani Suriyadagi fuqarolarni doimiy bombardimon qilishda aybladi
Rossiya mudofaa vazirligida Belgiya Mudofaa vaziri Stiven Vandeputning qirollik Harbiy havo kuchlarining Halabdagi tinch aholi vakillariga zarba yo‘llashga jalb etilmagani borasidagi gapiga javob qaytarildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Rossiya mudofaa vazirligining rasmiy vakili Igor Konashenkov Vandeputning nishonlarni tanlashda terrorchilar nazarda tutilishi borasidagi fikri har qanday shubhadan xoli ekanligiga qo‘shilgan.
Konashenkovning so‘zlariga ko‘ra, «koalitsiya samolyotlari berayotgan aviazarbalar to‘ylarga, dafn marosimlariga, shifoxonalarga, politsiya uchastkalariga, gumanitar karvonlarga va hatto terrorchilar bilan jang qilayotgan suriyalik harbiylarga qaratilmoqda».
Uning eslatishicha, koalitsiyadagi biror bir mamlakat mazkur ishlarga e'tibor qaratmagan.
18 oktabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyadagi ziddiyatli tomonlarni yarashtirish bo‘yicha Rossiya markazi bayonnomasiga asoslanib Xaasajyek qishlog‘ida Belgiyaning F-16 samolyotlari bergan zarba oqibatida olti kishi halok bo‘lib, to‘rt kishi jarohatlangani haqida xabar tarqatgandi.
Keyinroq Belgiya Mudofaa vaziri Stiven Vandeput mamlakat Harbiy havo kuchlari samolyotlari Halabda tinch aholi vakillarini bombardimon qilgani aytilgan bayonotni inkor qilib chiqdi.
Bugun Rossiya elchisi izoh berish uchun Belgiya TIVga chaqirtirildi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025