Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya shahzodasi qotillik uchun qatl qilindi
Saudiya Arabistoni podshohligi shahzodalaridan biri yosh erkakning o‘limiga qasos sifatida qatl qilindi. Uch yil avval yuz bergan hodisada, shahzoda yosh yigitni urib o‘ldirib qo‘ygan, deb xabar qilgan Al Arabia telekanali.
Shahzoda Turki bin Saud al-Kabir 3 yil avval Ar-Riyod chekkalarida yuz bergan ommaviy ur-to‘polonda bir yigitni o‘ldirib qo‘yganlikda aybdor deb topilgan. Mamlakat IIV rasmiy xabarida aytilishicha, shahzodaga nisbatan oliy jazo tayinlangan.
Saudiya Arabistoni Oliy va appelyatsiya sudlari ham jazoni tasdiqlagan. Jazoni ijro etish uchun podshoh qarori ham qabul qilindi. Vazirlik bayonotida ta'kidlanishicha, «beayb kishining umriga tajovuz qilgan har qanday kishi uchun qonuniy jazo muqarrardir».
Islom shariat qonunlariga rioya qiluvchi Saudiya Arabistonida sodir etilgan jinoyatlar uchun Islom dini talablari asosida jazo tayinlanadi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025