Jahon | 11:59 / 20.10.2016
19715
3 daqiqa o‘qiladi

"Normand to‘rtligi" yetakchilari nimalar haqida muzokaralar olib borishdi?

Foto: RIA

Berlinda normand formatidagi muzokaralar nihoyasiga yetdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin jurnalistlar bilan suhbatda yetakchilarning Donbassdagi nizo va YeXHT missiyasini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishishgani haqida ma'lum qildi. Biroq hamma masalalarni hal qilishning uddasidan chiqilmadi.

"Minsk" va xavfsizlik

"Normand to‘rtligi" yetakchilari Berlinda Ukraina janubi-sharqidagi nizolarni bartaraf etishga doir kelishuvga erishishdi. Bu haqida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma'lum qildi. 

"Eng avvalo, bu Minsk kelishuvini bajarishga taalluqli. Uchrashuvning barcha ishtirokchilari Ukraina janubi-sharqidagi vaziyatni barqarorlashtirishning zamirida Minsk kelishuvlari bo‘lishi kerakligini tasdiqlashdi, hamma bu kelishuvlarga sodiqligini tasdiqladi", - dedi Rossiya davlat rahbari.

Shuningdek prezident uchrashuv ishtirokchilarining xavfsizlik masalalariga ko‘p vaqt ajratganini ta'kidladi. 

"Bir qator muammolarni hal qilish yo‘lida yaqin orada amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha kelishib oldik", - qo‘shimcha qildi Putin. 

YeXHT missiyasi 

"Berlindagi uchrashuv davomida yetakchilar Donbassda YeXHT missiyasini kengaytirishga tayyor ekanliklarini tasdiqlashdi", - dedi Putin. Xususan, gap og‘ir artilleriyani ortga qaytarish hududi haqida ketmoqda.

"Biz YeXHT missiyasini og‘ir texnikani saqlash punktlaridagi missiyasini kengaytirishga tayyor ekanligimizni tasdiqladik", - deya ta'kidladi Putin. 

Gumanitar masalalar

Rossiya davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Berlindagi uchrashuv ishtirokchilari Ukrainaning gumanitar xarakterdagi masalalariga to‘liq oydinlik kiritishga muvaffaq bo‘lishmagan.  

Putin jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, Donbassdagi gumanitar muammolar yechimi topilmayotganini afsus bilan qayd etdi.  

Biroq u "normand to‘rtligi" yetakchilari "gumanitar ahamiyatga ega masalalarni hal qilishga tayyor ekanliklarini bildirishgan"ini ta'kidlab o‘tdi. 

"Bu boradagi siljish eng minimal ahamiyatga ega bo‘ldi, chunki u, eng avvalo, ijtimoiy to‘lovlarni tashkillashtirish bilan bog‘liq", - dedi Putin. 

"To‘rtlik" Berlinda

Normand formatidagi muzokaralar Berlin shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya, Ukraina, Fransiya va Germaniya yetakchilari ishtirok etishdi. Uchrashuv 3 soatdan ortiq davom etdi. 

Vladimir Putin, Petro Poroshenko, Fransua Olland va Angela Merkel ishtirokidagi normand formatidagi ilk uchrashuv 2014 yilning iyunida bo‘lib o‘tgan. 

Mavzuga oid