OAV: FQB xodimlari Anjyelina Joli va farzandlari bilan suhbat o‘tkazishdi
AQSh Federal qidiruv byurosining ikki nafar xodimi amerikalik aktrisa Anjyelina Joli va uning farzandlari bilan uch soat mobaynida suhbat o‘tkazishdi, deya xabar qilmoqda People nashri. Byuro xodimlari xususiy samolyot bortida aktyor Bred Pitt ishtirokida yuz bergani taxmin qilinayotgan hodisaga oid ma'lumotlar to‘plagan. O‘shanda, aktyor go‘yoki 15 yashar o‘g‘li Meddoksga tahdid qilgan.
Avvalroq, FQB ushbu voqea yuzasidan rasman ish ochishi dargumonligi xabar qilingan edi. Hozirda, Los-Anjyeles okrugi bolalar va oila ishlari bo‘yicha departamenti ham mazkur ish bo‘yicha shug‘ullanmoqda. Ammo, hodisa parvoz chog‘ida yuz bergani bois, ish FQBga ham topshirilgan.
Byuro xodimlari o‘z navbatida, Joli va farzandlari bilan samolyotning o‘rnini aniqlashga urinishgan. Agar, hodisa yuz bergan vaqtda, havo layneri AQSh havo kengliklaridan tashqarida yuz bergan bo‘lsa, jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasida ham savollar paydo bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024