Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniyada toshga tushirilgan qadimiy xarita topildi
Bornxolm orolidagi qazilma ishlari davomida talaba-arxeolog sirli chizmalar tushirilgan tosh topib oldi. Bu haqida The Local nashri xabar berdi.
Bronza asri tasvirlari bo‘yicha ekspertning fikricha, bu chizmalar oroldagi dalalar tasviri tushirilgan xarita bo‘lishi mumkin. U mazkur topilmani eramizdan 2900-2700 yil avvalgi davrga tegishli ekanini taxmin qildi.
Shuningdek, mutaxassis toshda shu hududda yetishtiriluvchi o‘simliklar ham tasvirlanganini qo‘shimcha qildi. Agar bu taxmin o‘z tasdig‘ini topsa, topilmaning qadr-qiymati yanada oshadi.
Bunday xaritalar avval Italiyada ham topilgan, bu esa Skandivaniyada topilgan ilk xarita-toshdir.
Mavzuga oid
23:20 / 22.05.2025
Daniyada pensiya yoshi oshiriladi
19:42 / 27.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
14:25 / 17.04.2025
Daniya askarlarini Ukrainaga o‘qitish uchun jo‘natmoqchi
17:58 / 03.04.2025