Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Turkiya bilan vizalarni bekor qilish mexanizmini ishlab chiqadi
Yevropa ittifoqi mamlakatlari yetakchilari yaqin haftalarda YeI va Turkiya o‘rtasidagi vizalarni bekor qilish mexanizmini aniqlab olishni taklif qilishdi. Bu haqda RIA «Novosti» agentligi xabar qilmoqda.
«Qonunshunoslarga yaqin bir necha haftada vizalarni bekor qilish mexanizmining amal qilishini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishish taklif etilmoqda», — deyiladi YeI sammiti yakuniy xulosasida.
Eslatib o‘tamiz, may oyida Yevrokomissiya Yevroparlament va YeI Kengashiga Turkiya fuqarolari uchun viza cheklovlarini bekor qilishni tavsiya qilgan edi. Buning uchun, Turkiya tomoni muhojirlik kelishuvi shartlarini batamom ado etishi shart qilingandi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘z navbatida vizalar bekor qilinmasa, ushbu kelishuvdan chiqishi bilan tahdid qilgan edi.
Keyinroq, YeI turkiyaliklar uchun 1 oktabrdan vizalarni bekor qilishi xabar qilindi. Biroq, bu ham endilikda asossiz ekani oydinlashib ulgurdi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
19:28 / 26.05.2025