Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fiat Chrysler Xitoyda 70 mingga yaqin mashinasini qaytarib oladi
XXR hukumati Fiat Chrysler avtomobilsozlik kompaniyasining Xitoydagi sho‘'ba korxonasiga 68699 dona Viaggio modelini qaytarib olishga ko‘rsatma berdi. Sinxua agentligining xabar qilishicha, avtomobillarning uzatmalar qutisida nuqsonlar aniqlangani bunga sabab bo‘lgan.
"Avtomashinalarning uzatmalar qutisida nosozlik aniqlangan", - deya XXR sifatni nazorat qilish, tekshirish va karantin Davlat boshqarmasi hisobotidan iqtibos keltiradi agentlik. Boshqarmaga ko‘ra, bu nuqson uzatmalar qutisini boshqarish blokidagi mikrosxema ishini buzishi mumkin. Shu bois, xavfsizlikka tahdid paydo bo‘lish ehtimoli mavjud.
Qaytarib olish dasturi 2017 yil 10 martdan boshlanadi. Avtomobilsozlik kompaniyasi nuqsonni o‘z hisobidan bartaraf etadi. Ko‘rsatmaga muvofiq, 2012 yil 26 avgustidan 2014 yil 14 oktabrgacha ishlab chiqilgan Viaggio rusumli mashinalar qaytarib olinadi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025