Sport | 09:49 / 23.10.2016
7543
1 daqiqa o‘qiladi

"Milan" markaziy uchrashuvda "Yuventus"ni mag‘lub qildi

"Milan" jamoasi Italiya chempionati 9-turida o‘z maydonida "Yuventus"ni qabul qildi va kichik hisobda g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvda milanliklar 1:0 hisobida g‘olib chiqdilar va yagona gol 65-daqiqada Lokatelli tomonidan kiritildi.  

Biroq mag‘lubiyatga qaramay "Yuventus" A seriyada 22 ochko jamg‘arib, peshqadamlikni davom ettirmoqda. 

"Milan" – "Yuventus" 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 
 1:0 – 65 Lokatelli. 
"Milan" – Donnarumma, Abate, Paletta, Romanoli, De Shilo, Kutska, Lokatelli (Gomes, 81), Bonaventura, Suso, Bakka (Lapadula, 90), Nyang (Poli, 69).
"Yuventus" – Buffon, Bardzali, Bonuchchi, Benatiya (Mandjukich, 75), Dani Alves, Xedira, Ernanes (Sturaro, 87), Pyanich, Aleks Sandro, Iguain, Dibala (Kuadrado, 33).
Ogohlantirishlar:  Bonuchchi (30), Pyanich (38), Kutska (44), Donnarumma (50), Dani Alves (76), Lokatelli (79), Gomes (83).

Manba: tribuna.uz

Mavzuga oid