Fan-texnika | 13:35 / 24.10.2016
24303
1 daqiqa o‘qiladi

Mobil operatorlariga aloqa sifatini yaxshilash topshirildi

O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi aloqa operatorlariga aholiga ko‘rsatilayotgan telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yaxshilash vazifasi topshirildi. 

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligida bo‘lib o‘tgan majlisda, telekommunikatsiya operatorlari rahbarlari e'tibori bu sohadagi xizmatlar sifatini yaxshilash muammosiga qaratildi, deya yozmoqda uzdaily.uz. 

Unda, mobil internet va mobil aloqa sifatini doimiy ravishda nazorat qilish zarurligi uqdirilgan. 

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi nazoratni amalga oshiruvchi davlat inspeksiyasiga ko‘rsatilayotgan aloqa xizmati sifatini aniqlashning yangi, zamonaviy usullarini qisqa muddatda ishlab chiqish vazifasi topshirildi. 

Shu bilan birga, mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi axborot markazlari xodimlarining murojaatlar va arizalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish bo‘yicha professionalligini oshirish lozimligi ta'kidlangan. 
 

Mavzuga oid