Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya qo‘shinlari Halabdagi strategik ahamiyatdagi tepalikni egalladilar
Suriya hukumat armiyasi va xalq lashkarlari Halabning janubidagi Bazza tepaligini nazorat ostiga oldilar. Bu haqda muxolifat ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Ma'lum qilinishicha, Bazzadan terrorchilar egallab olgan 1070-mavzening katta qismi bo‘yicha kuzatuv olib boriladi.
"Hujum muvaffaqiyatli davom etmoqda. Biz harbiylar bilan birga Bazza tepaligini egalladik, yana bitta tepalik qo‘lga kiritilsa, 1070-mavzedagi jangarilar to‘liq qurshovga olinadi", deb aytdi xalq lashkarlari vakili.
Suriya qo‘shinlari qo‘shni Xekme tepaligini ham qo‘lga olishmoqchi. Aynan shu tepalik yordamida armiya terrorchilarning ta'minlanish yo‘lini to‘sa oladi.
23 oktabrda Suriya qo‘shinlari uch kunlik gumanitar tanaffusdan keyin Halab janubiga hujumni qayta boshladi. Armiya jangarilardan havo hujumiga qarshi qism hududini va mobil aloqa minorasi joylashgan tepalikni tortib olgan.
Mavzuga oid
21:06 / 05.12.2024
Halabni kim va qanday qilib egalladi? Suriya urushidagi asosiy 10 savol
20:24 / 05.12.2024
Suriyadagi urush: yana bir yirik shahar isyonchilar qo‘liga o‘tdi
19:09 / 02.12.2024
Suriya: Halabda hukumat qo‘shinlari qolmadi, isyonchilar yurishi Rossiya aviazarbalari ostida davom etmoqda
18:37 / 01.12.2024