Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston delegatsiyasi Qirg‘izistonga javob tashrifi bilan boradi
Joriy yilning 26 oktabri kuni O‘zbekiston delegatsiyasi Qirg‘iziston Respublikasiga tashrifni amalga oshiradi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati saytida ma'lum qilingan.
Tashrifning asosiy maqsadi – o‘zaro qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash hisoblanadi.
1 oktabr boshida Muxammetkali Abulgaziyev boshchiligidagi Qirg‘iziston delegatsiyasi O‘zbekiston tomoni taklifi bilan Andijon viloyatiga tashrif buyurgan hamda qirg‘iz-o‘zbek munosabatlarini mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etgan edi.
O‘zbekiston delegatsiyasi chegaraga yaqin bo‘lgan O‘sh viloyatiga tashrif buyurib, shahar markazida bo‘lib o‘tadigan madaniy-bayram tadbirlarida ishtirok etadi va Qirg‘iziston xalqlar assambleyasi vakillari bilan uchrashadi.
Shuningdek, Bobur nomidagi o‘zbek drama teatrida mehmonlarga “Semetey — Manas o‘g‘li” nomli teatrlashtirilgan postanovkasi namoyish etiladi.
Shundan keyin O‘zbekiston delegatsiyasi shahar markazidagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari namoyishida va O‘sh Davlat universitetining “Ak Burra” kampusida bo‘lib, Tibbiyot fakulteti talabalari bilan uchrashishadi.
Tashrif yakunida O‘zbekiston vakillari “Sulayman-Too” tarixiy-etnografik majmuasiga tashrif buyurishib, ikki tomonlama hamkorlik haqidagi hujjatlar imzolashadi.
Mavzuga oid
11:51 / 21.04.2025
Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni O‘zbekistonga tashrif buyuradi
21:54 / 03.03.2025
Gurjiston bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi
12:12 / 09.05.2024
Mo‘g‘uliston prezidenti O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi
11:12 / 05.04.2024