Xiaomi yilning eng bejirim smartfonlaridan birini taqdim etdi
Xitoyning Xiaomi kompaniyasi qurilmaning old panelini deyarli to‘liq egallagan Mi Mix smartfonini taqdim etdi. Bu haqida kompaniyaning rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Xiaomi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, smartfon displeyi old yuzaning 91,3 foizini egallaydi. Google Pixel'da bu ko‘rsatkich 71,2 foizini tashkil qiladi, iPhone 7 Plus'da — 67,7 foiz.
Bunday dizaynni yaratish uchun ishlab chiqaruvchi an'anaviy yaqinlashtiruvchi datchik va suhbat dinamikasidan xalos bo‘lishiga to‘g‘ri keldi.
Smartfonning 5 megapikselli old kamerasi hajmini sezilarli darajada o‘zgartirildi va korpusning quyi qismiga ko‘chirildi. Barmoq izlari skanerini esa orqa qopqoqqa - 16 megapikselli asosiy kamera tagiga joylashtirildi.
Qurilma Qualcomm Snapdragon 821 protsessori bazasiga qurilgan va Quick Charge 3.0 tezkor zaryadlash funksiyasi bo‘lgan 4400 mAch sig‘imli akkumulyator bilan ta'minlangan. Mi Mix korpusi sopoldan ishlangan.
Smartfonning hajmi eni va bo‘yiga ko‘ra, iPhone 7 Plus'ga o‘xshab ketadi, biroq uning korpusi Apple mahsulotiga nisbatan kattaroq. Xiaomi qurilmasi 4 millimetrga kengroq va yarim millimetrga qalinroq.
Mi Mix sotuvlari 4 noyabr kuni Xitoyda yo‘lga qo‘yiladi. Smartfonning 128 Gb versiyasi bahosi - 516 dollar, 256 Gb versiyasi narxi esa - 590 dollar.
OAV Mi Mix smartfonini yilning eng bejirim qurilmalaridan biri, deya e'tirof etmoqda va uning iPhone 8'dan ko‘p jihatdan ustun ekanligini ta'kidlamoqda.
Mavzuga oid
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:48 / 18.09.2024
Xiaomi smartfon ishlab chiqarish bo‘yicha Apple kompaniyasini ortda qoldirdi
21:55 / 28.03.2024
2,78 soniyada 100 km tezlik, kutilganidan arzon narx: Xiaomi ilk elektromobilini taqdim etdi
23:31 / 16.01.2024