Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi OFK reytingida 9-o‘rinni egalladi
Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga a'zo mamlakatlar federatsiyalarining yangi reytingi ma'lum qilindi.
Unga ko‘ra O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi 9-pog‘onani band etib turibdi. Klublar hamda milliy terma jamoa o‘yinlari hisobga olinadigan ushbu reytingda O‘zbekiston 58.51 ochko to‘plagan. Shundan klublar hisobiga 36.39 ochko to‘g‘ri kelsa, terma jamoa 22.12 ochko jamg‘argan. Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar berdi.
Bu reytingda Janubiy Koreya futbol assotsiatsiyasi yetakchilik qilmoqda. Uning hisobida 92.94 ochko bor.
Reytingning top 10 ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish olgan.
1. Janubiy Koreya – 92.94
2. BAA – 86.37
3. Saudiya Arabistoni – 84.68
4. Eron – 79.62
5. Qatar – 77.48
6. Yaponiya – 73.85
7. Avstraliya – 73.13
8. Xitoy – 72.64
9. O‘zbekiston – 58.51
10. Iroq – 37.87
Mavzuga oid
19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi
20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi
09:54 / 23.04.2025
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi
12:04 / 22.04.2025