Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jangarilar Halabni o‘qqa tutishni kuchaytirmoqda: 15 kishi halok bo‘lgan
Jangarilar Suriyaning Halab shahri aholi turarjoy mavzelarini o‘qqa tutishni bir necha marta kuchaytirishdi. Buning oqibatida 15 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lib, 150dan ortiq odam tan jarohati olgan. Bu haqda SARdagi dushman tomonlarni yarashtirish Markazi xabarida ma'lum qilingan.
Rossiya harbiylarining ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan bir kun ichida shahar bo‘ylab 100dan ortiq snaryad portlagan.
28 oktabrda Halabning 8ta tumaniga artilleriya zarbalari berilgan. Jangarilar portlovchi moddalar to‘ldirilgan gaz ballonlari, qo‘lbola minalar va boshqarilmaydigan snaryadlardan foydalanishyapti. Ular bevosita maktablar, shifoxona va ijtimoiy inshootlarga zarar keltirishga urinishmoqda.
Halabning markaziy shifoxonasi to‘lib ketgani xabar qilinayapti. Jonlantirish va jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladigan xonalar bo‘sh emasligi aytilayapti.
Jangarilarning Halabdagi boshlang‘ich maktabni o‘qqa tutishlari oqibatida 3 nafar o‘quvchi halok bo‘lib, 9 nafari yaralangani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025