Jahon | 07:53 / 30.10.2016
7250
1 daqiqa o‘qiladi
AQShda qurollanishga 2,7 mlrd dollarlik suv osti kemasi qabul qilindi
AQShda harbiy-dengiz kuchlarining "Illinoys" atom suv osti kemasi safga kiritilishi marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda UPI.
Ta'kidlanishicha, kema qurilishi 5 yil davom etgan, uning qiymati 2,7 mlrd dollarni tashkil qildi.
Bu turdagi suv osti kemalari sohilbo‘yi operatsiyalari va chuqurlikda jangovar harakatlarga qarshi kurash uchun mo‘ljallangan.
Kemani foydalanishga kiritish marosimida AQShning birinchi xonimi Mishel Obama ishtirok etdi.