Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro koinot stansiyasi ekipaji a'zolari Yerga qaytdilar
Foto: RIA
30 oktabr ertalab "Soyuz MS" seriyasidagi kosmik kema Xalqaro koinot stansiyasi ekipajining 3 a'zosi bilan Qozog‘istonda qo‘ndi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Yerga rossiyalik fazogir Anatoliy Ivanishin, amerikalik Ketlin Rubins va yaponiyalik Takuya Onisi qaytdilar. Ular koinotda 115 kun bo‘ldilar.
Parvozlarni boshqarish markazi ekranida "Qo‘nish amalga oshirildi" degan yozuv chiqishi bilan qidiruv-qutqaruv otryadlari kapsula qo‘ngan joyga yo‘l olishdi. Ular yaqin orada fazogirlarni kapsuladan chiqarib olishadi.
Qayd etib o‘tish kerak, joriy yildagi so‘nggi parvoz noyabr o‘rtalariga belgilangan: "Soyuz MS-03" kosmik kemasi 17 noyabrda Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan parvoz qilishi kutilmoqda. Bu kemada XKSga rossiyalik Oleg Novitskiy hamda Toma Peske va Peggi Uitson uchadilar.
Hozir XKSda rossiyalik fazogirlar Andrey Borisenko va Sergey Ryjikov hamda amerikalik Robert Sheyn Kimbrou qolmoqda.
Mavzuga oid
00:20 / 02.05.2025
NASA’ning ikki ayol astronavti XKS bortidan ochiq kosmosga chiqdi
19:25 / 18.03.2025
Xalqaro kosmik stansiyada 9 oy qolib ketgan astronavtlar Yerga qaytmoqda
17:05 / 16.03.2025
SpaceX kemasi XKSga muvaffaqiyatli ulandi
12:06 / 02.03.2025