OAV: Hindiston poytaxti havosi me'yordan 42 marta ko‘proq ifloslangan
Hindiston poytaxti Yangi Dehli shahrining ifloslanganlik darajasi me'yordan 42 martaga oshib ketdi, deb yozmoqda Hindustan Times nashri. Bunga olovlar festivali – Divali sabab bo‘lgan.
O‘tgan dam olish kunlari mamlakatda Hindistonning asosiy bayramlaridan biri Divali keng nishonlangan. Unda asosan petarda va boshqa portlovchi moslamalarni portlatish, feyyerverklar uchirish amalga oshiriladi. Shu sababli, shahar erta tongdan quyuq tutun ostida uyg‘ongan.
Yangi Dehli iflosliklarini nazorat qilish komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, PM10 ko‘rsatkichi (havoda diametri 10 mikrometrli zarralar ulushi) bir kub metrga 4273 mikrogrammni tashkil etgan. Bu boradagi belgilangan me'yor 100 mikrogrammdir deyiladi xabarda. PM2,5 (diametri 2,5 mikrometrli zarralar ulushi) ko‘rsatkichi me'yor 60 mikrogramm bo‘lgani holda bir kub metrda 748 mikrogrammni tashkil etgan.
Shu bilan birga qayd etilishicha, PM10 va PM2,5 shaharning turli tumanlarida farqli bo‘lgan. Umuman, nashrning yozishicha, Havo sifati indeksi (Air Quality Index, AQI) deyarli barcha kuzatuv stansiyalarida eng yuqori xavfli ko‘rsatkich 500 atrofida bo‘lgan.
Aslida, har kuni Hindiston poytaxtida kechki oltidan boshlab havo ifloslanishi kuchayib, kechki soat 11lar atrofida eng yuqori darajasiga chiqadi va tonggi 6gacha bu holat saqlanib qoladi.
Eksspertlarning fikricha, havoda bu kabi zarralarning bo‘lishi astma va yurak xastaliklari bilan kasallangan bemorlar, shuningdek, bolalar va keksalar uchun juda xavflidir.
Mavzuga oid
10:56 / 26.11.2024
O‘zbekiston Hindistonning yetakchi biznes maktabi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda
15:54 / 25.11.2024
Hindistondagi kasalxonada vafot etgan erkak krematsiyadan oldin o‘ziga keldi
20:58 / 19.11.2024
Putin Hindistonga boradi
16:43 / 17.11.2024