Jahon | 22:26 / 01.11.2016
7144
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda maktab avtobusi ishtirokida qurbonli YTH sodir bo‘ldi

Foto: © AP

AQShning Baltimor shahrida maktab va shahar chetida qatnaydigan avtobuslar o‘rtasida yo‘l transporti hodisasi sodir bo‘ldi. Avtohalokat oqibatida olti kishi halok bo‘ldi va o‘n nafarga yaqin kishi yaralandi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.

Politsiya avariya haqidagi ma'lumotni tasdiqladi va maktab avtobusida hech kim bo‘lmaganligini qayd etdi. Boshida avtobus boshqa avtomobilga uriladi, so‘ngra qabriston ichiga kirib ketib, simyog‘ochga borib uradi. Shundan so‘ng ikkinchi avtobus paydo bo‘ladi.

Maktab avtobusi haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi. Uning ortida o‘tirgan yordamchi tirik qolgan.

Baltimor politsiyasi vakili Ti Jyey Smitning aytishicha, shahar chetida qatnovchi avtobus salonida bo‘lgan 10 nafar kishi jarohatlangan va mahalliy shifoxonaga yotqizilgan. Politsiya vakilining gapiga ko‘ra, avtobus huddi portlatilgan holga kelib qolgan.

Ayni damda avariya joyida voqeaga oydinlik kiritish maqsadida tergovchilar ish olib bormoqda. Shundan kelib chiqib ma'lum qilinishicha, asfaltda favqulodda to‘xtash izlari ko‘rinmagan.

 

Mavzuga oid