Jahon | 08:45 / 01.11.2016
4095
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda Airshow China xalqaro aviasozlik ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi

Arxiv surat / ITAR-TASS

Seshanba, 1 noyabr kuni Xitoyning Chjuxay shahrida Xalqaro aviatsiya-kosmik ko‘rgazmasi Airshow China-2016 ochildi. 6 noyabrgacha davom etuvchi ko‘rgazmaning ishchi dasturlarida mazkur turdagi texnikalarni ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar o‘rtasida savdo shartnomalari imzolanishi kutilmoqda. 

Ko‘rgazmada harbiy va fuqarolik aviatexnikasi, kosmik texnika va qurilmalar, aviauskunalar va qurollar, aviatsiya va raketa dvigatellari, aeroportlar uchun navigatsiya uskunalari kabi texnikalar namoyish etiladi. 

Tashkiliy qo‘mitaning TASS agentligiga ma'lum qilishicha, aviasalonda 700dan ortiq kompaniya ishtirok etmoqda. Ularning 45 foizi xorijiy mamlakatlar korxonalaridir. Ekspozitsiyalar 11ta pavilonda joylashtirilgan. Strategik maydonchada 150dan ortiq parvoz qiluvchi apparatlar namoyish etilmoqda. Ko‘rgazma ishini yoritish maqsadida 315ta OAV ro‘yxatdan o‘tgan. 

Ma'lum qilinishicha, Rossiya mudofaa sanoati ko‘rgazmada 220dan ortiq turli mahsulotini xaridorlar e'tiboriga havola etadi. Ko‘rgazma mezboni Xitoy ham aviatsiya sohasidagi yangi mahsulotlari va yutuqlarini namoyish etishga qaror qilgan. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid