Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada mushuk bir yildan beri xo‘jayinining qabri yonida yashamoqda
Markaziy Yava (Indoneziya) provinsiyasida mushuk vafot etgan xo‘jayinining qabri yonida bir yildan beri yashamoqda. Bu haqda Daily Mail xabar beradi.
Qabr yonidan o‘tib ketayotgan 28 yashar Keli Keningau Praytno jonivorni uyiga olib ketdi, biroq mushuk ertasi kuniyoq yana qabristonga qaytib keldi. Nashr bergan ma'lumotga ko‘ra, Kandari deb nomlangan mushukni vafot etgan xo‘jayinining bolalari har kuni boqib turadi. Mushukning o‘zi ularning yoniga boradi: bir yildirki, ahvol shu tarzda davom etib kelyapti.
«Uni kuzatish men uchun juda qayg‘uli. Bu - jonivorlar o‘z egalariga qanchalik sodiq bo‘lishining yorqin namunasidir», — dedi Praytno. U mushukni olib ketishga bir necha bor urinib ko‘rdi, ammo jonivr har safar qabristonga qochib ketaverdi.

Mavzuga oid
23:34 / 26.05.2025
Germaniyalik er-xotin yo‘qolgan mushugini qidirishga 22 ming dollar sarfladi
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
21:20 / 09.05.2025