Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Patrushev: Afg‘onistondagi terrorchilar Rossiyaga bevosita tahdiddir
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevning bayonotiga ko‘ra, Afg‘oniston shimolidagi terrorchilarning qarorgohlari Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlariga bevosita xavf soladi. Bu haqda, RIA «Novosti» agentligi xabar qilmoqda.
«Afg‘onistonda terrorchilar pozitsiyalarining kuchayib borayotgani va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi o‘sayotgani kuzatilmoqda. Bu jangarilarning asosiy moliyaviy manbalari hisoblanadi», — degan Patrushev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatda afg‘on toliblaridan tashqari Pokistondan kelgan toliblar ham faoliyat yuritadi. Bundan tashqari, mintaqaviy ekstremistik tashkilotlar, jumladan «O‘zbekiston Islom harakati», IShID va «Al-Qoida» ham mavjud.
Patrushevning ta'kidlashicha, rasmiy Moskva Afg‘onistondan keluvchi terroristik tahdidlarga qarshi kurashishda ilg‘or harakat qilishga urinmoqda.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
08:40 / 13.05.2025