Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sharp yangi avlod iPhone qurilmalari uchun OLED-panellar ishlab chiqaradi
Yaponiyaning Sharp kompaniyasi iPhone qurilmalarining keyingi avlodi uchun OLED-matritsalar ishlab chiqarmoqda. Bu haqida firma bosh direktori Tay Jyen-vu bergan ma'lumotga asoslanib, Mashable nashri xabar berdi.
"iPhone rivojlanib bormoqda va hozir LTPS'dan OLED-panellarga o‘tmoqda", - dedi Jyen-vu Taybeydagi (Tayvan) Tatung universiteti talabalariga murojaat qilib. U innovatsion mahsulot yaratishni istovchi kompaniya uchun bu yagona yo‘l ekanligini ta'kidladi.
Bundan tashqari, Jyen-vu Sharp Yaponiyada OLED-panellarni ishlab chiqaruvchi yangi zavod qurayotganini ma'lum qildi. Bosh direktor, shuningdek, Qo‘shma Shtatlarda displeylar ishlab chiqarish rejasiga ham to‘xtalib o‘tdi: "Agar bizning asosiy mijozimiz bizdan ishlab chiqarishni AQShga ko‘chirishni talab qilsa, nima uchun bunday qilmasligimiz kerak ekan?!"
Oktyabr oyi oxirlarida OAV Apple'ning 2017 yilda uch xil variantdagi iPhone 8'ni ishlab chiqarishi mumkinligi haqida ma'lum qilgandi. Standart 4,7- va 5,5- versiyalardan tashqari, 5 dyuym diagonalli smartfon ham paydo bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi
09:03 / 21.04.2025