Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chililik 84 yoshli pensioner o‘g‘rini bir zarbadayoq yerga qulatdi
Chililik 84 yashar pensioner Raul Munos savdo markazidagi taqinchoqlar do‘konida o‘g‘irlik qilgan yigitni bir zarbadayoq yerga qulatdi. Bu haqda Mirror xabar bermoqda.
Videokuzatuv yozuvlarida ko‘rinib turibdiki, pensioner o‘g‘rining oyog‘idan chaladi, shunda yigit ham, Raul ham yerga qulaydi.
Savdo markaziga tashrif buyurganlar va rafiqasi Munosga yordam bergani shoshilishadi. O‘g‘rini politsiya kelgunga qadar ushlab turishga muvaffaq bo‘lishgan.
Mahalliy telekanallardan biriga bergan intervyusida Munos o‘z-o‘zidan harakatga kelganligini tan olgan: «Bu instinkt holati. Men nimani o‘ylasam, shuni qilaman».
Munosning ta'kidlashicha, uning xatti-harakati xotinining jahlini chiqargan.
Mavzuga oid
20:13 / 02.05.2025
Argentina sohillarida 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
14:14 / 26.02.2025
Chilida butun mamlakat bo‘ylab blekaut yuz berdi
22:59 / 14.02.2025
Bukri kit odamni yutib yuborib, so‘ng tuflab tashladi - video
09:32 / 03.02.2025