Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada kuchli to‘lqinlar natijasida kema halokatga uchradi
Indoneziyaning Batam orolida kema halokati natijasida kamida 21 kishi halok bo‘ldi, yana 34 kishi bedarak yo‘qoldi. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakillarining xabar berishicha kema bortidagi 38 kishi qutqarib qolingan. Bu haqida The Jakarta Post ma'lum qildi.
Kema Malayziyaning Joxor-Baru (Joxor shtati) portidan Indoneziya tomon yo‘l olgan bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, kema kuchli shamol va to‘lqinlar natijasida ag‘darilib ketgan.
Huquq-tartibot organlari voqea yuzasidan tergov ishlarini boshlab yuborishdi. Asosiy sabablardan biri sifatida indoneziyalik muhojir-ishchilarni tashiyotgan kemaning me'yordan ortiq yuklanganligi ko‘rsatilmoqda.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
20:05 / 05.05.2025