Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IUT talabalari ochiq dasturiy ta'minot texnologiyalarini o‘rganishdi
Toshkent shahridagi Inha universitetida (IUT) 2016 yilning 26-28 oktabr kunlari ochiq dasturiy ta'minot texnologiyalari seminari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar bermoqda.
Seminar Koreya Respublikasi axborot texnologiyalari sanoatini rivojlantirish milliy agentligi (NIPA), “KOICA”ning “World Friends Korea” dasturi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va IUT tomonlaridan tashkil etildi.
Seminarni o‘tkazish uchun Koreya Respublikasidan O‘zbekistonga bir guruh mutaxassislar kelishdi. Uch kun davomida IUT talabalari ochiq dasturiy ta'minotlar sohasidagi oxirgi yangiliklar to‘g‘risida ma'lumot oldilar.
Talabalar koreyalik mutaxassislardan ochiq dasturiy ta'minotni litsenziyalash, dasturlar yaratishda Git xizmatidan foydalanish, “Node”da dasturlash, API yaratish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha bilim oldilar.
“Songyungvan” universiteti professori Song Sang Xyo ochiq dasturiy ta'minotlardan strategik foydalanish va ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan muvaffaqiyatli loyiihalar haqida ma'lumot berdi.
Seminar yakuniga ko‘ra, unda ishtirok etgan talabalarga tashkilotlar tomonidan sertifikatlar topshirildi.
Mavzuga oid
09:56 / 18.05.2025
O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi
11:48 / 02.05.2025
O‘zbekistonda Fransiya universitetini ochish rejalashtirilmoqda
15:26 / 29.04.2025
“Yangi O‘zbekiston” universiteti faoliyati takomillashtiriladi
11:35 / 09.04.2025