Fan-texnika | 21:45 / 02.11.2016
13196
1 daqiqa o‘qiladi

"Toyota" 2000 ot kuchiga ega Land Cruiser ishlab chiqdi

Toyota kompaniyasi SEMA tyuning-shousiga Land Cruiser 200 negizida qurilgan Land Speed Cruiser prototipini tayyorladi. Kontseptual yo‘ltanlamas 2000 ot kuchiga ega, 5,7 litrli V8 dvigatel bilan jihozlandi.

Dvigatel ATI Performance Products firmasi tomonidan yaratilgan uzatmalar qutisi bilan birga ishlaydi. Prototipning maksimal tezligi soatiga 354 km ni tashkil qiladi. 

Kompaniya bu loyiha haqida boshqa hech qanday batafsil ma'lumot bermagan. Kompaniyaning ta'kidlashicha, "bu mashinaning ichidagi har bir detalga o‘zgartirish kiritilgan". Xususan, prototipning ramasi kuchaytirilgan.

Toyota kompaniyasi SEMA’da Land Speed Cruiser’dan tashqari yana 6 ta loyihasini taqdim qildi. Ularning asosiga Sienna, Corolla, Prius, GT86 va Tacoma modellari yotdi.

Mavzuga oid